Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sovuq qurol olib yurganlik uchun endi javobgarlik belgilanadi

Sovuq qurol olib yurganlik uchun endi javobgarlik belgilanadi

Foto: Xabar.uz

Bugun Senatda o‘tayotgan yalpi majlisda sovuq qurollarga noqonuniy egalik qilish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Xususan, amaldagi «Qurol to‘g‘risida»gi qonun bilan o‘qotar quroldan tashqari pnevmatik, gazli, signal beruvchi, tig‘li, uloqtirish quroli va elektroshok qurilmalariga egalik qilishga ruxsat berilgan. Biroq ayni paytda o‘qotar bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan qurollarga noqonuniy egalik qilish uchun esa javobgarlik yo‘q.

«Sodda qilib aytganda, o‘qotar bo‘lmagan qurolga noqonuniy egalik qilish, ya’ni uyda saqlash, ko‘cha-ko‘yda olib yurish, ta’lim muassasalariga olib borish va hokazo holatlarda qurol egasi undan turli jinoiy maqsadlarda foydalanmasligiga «kafolat» yo‘q», deyiladi Senat xabarida.

Shuningdek, o‘qotar bo‘lmagan qurol bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarliklar nazarda tutilmoqda.

Shu bois, bugun ma’qullangan qonun bilan amaldagi 2 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartishlar kiritilgan. Endi uni prezident imzolashi kerak.

Shu paytgacha qurolga noqonuniy egalik qilish tushunchasi ko‘zga tushmagandi. Holbuki, ko‘plab reydlar o‘tkaziladi, sovuq qurol olib yurgan fuqarolar ushlanadi, bayonnoma tuzilib, jarimaga tortiladi. Masalan, Toshkentning ikkita tumanida 3 kunda 65 ta pichoq va bitalar topilgan.

Bundan tashqari, yaqinda Toshkentda ikki haydovchi yonidan pnevmatik to‘pponcha topilgandi. Tegishli organlar fuqaroni ham, qurolni ham «GOM»ga topshirib yuborgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring