Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovutish tizimiga ega eng kuchli smartfon taqdim etildi

Sovutish tizimiga ega eng kuchli smartfon taqdim etildi

Foto: «Hi-News»

«Asus» kompaniyasi dunyodagi eng kuchli smartfonni taqdim etdi. «ROG Phone» nomini olgan qurilmaga hatto havo yordamida sovutish tizimi ham o‘rnatilgan, deb xabar beradi «Hi-News».

«ROG» — bu «Asus» kompaniyasining o‘yin uchun mo‘ljallangan yo‘nalishi.

Foto: «Hi-News»

Smartfon o‘zining old ko‘rinishi bilan ajralib turmaydi. Biroq orqa tomoni foydalanuvchilarni hayratga solishi tabiiy. Uning dizayni xuddi sport avtomobillari kabi ishlangan bo‘lib, panelga havo yordamida sovutishga xizmat qiladigan teshik hamda «ROG» logotipi o‘rnatilgan.

Qurilma «Snapdragon 845» protsessori yordamida ishlaydi. Ammo «Asus ROG Phone» ulardan ancha kuchli. Gap shundaki «Snapdragon 845»ning takt chastotasi 2,8 gigagersni tashkil etadi. Asus esa uni 2,96 gigagersga qadar ko‘targan. Shuningdek, unda 8 gigabayt tezkor xotira ham mavjud.

Foto: «Hi-News»

«Asus ROG Phone»ga 90 gers chastotali «AMOLED» displeyini o‘rnatgan. Qurilma «Android 8.1 Oreo» operatsion tizimida ishlaydi. 12 + 8 megapikselli ikkitalik kameraga (tasvirga olish kengligi 120 daraja) ega. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA/soat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring