Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘x tumanida sodir bo‘lgan yong‘in ayanchli oqibatga olib keldi

So‘x tumanida sodir bo‘lgan yong‘in ayanchli oqibatga olib keldi

Foto: «dyxx.uz»

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida joriy yilning 9-yanvar kuni Chashma qishlog‘i So‘x ko‘chasida yashovchi fuqaro O‘.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Tunda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy egasining o‘g‘lini kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi yong‘inga uchta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘inda 180 kv.metr maydonda uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 220 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring