Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta MIB xodimi ushlandi

Soxta MIB xodimi ushlandi

Shu yil 7-noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, shu yil 1 noyabr kuni uning yashash uyida «Abror Toshmatov» ismli noma’lum shaxs o‘zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta’minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 330 000 so‘m pul olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida «Toza Hudud» DUK haydovchisi bo‘lgan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring