Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sport inshooti qurilishi uchun ajratilgan 362 mlrd.ning yarmidan ko‘pi qayerda?

Sport inshooti qurilishi uchun ajratilgan 362 mlrd.ning yarmidan ko‘pi qayerda?

Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bolalar sporti inshootlarini barpo etish, qurilishda zamonaviy tejamkor texnologiyalardan foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yilda 56 ta sport ob’yektini qurib, foydalanishga topshirish, ushbu maqsadlarga 362 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi belgilangan. Lekin 10 sentyabr holatiga ko‘ra, atigi 113 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qurilish ishlari orqada qolmoqda.

Tegishli vazirlik va tashkilotlarga sport ob’yektlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2019-yilgi manzilli dasturini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda 2020-yil Tokioda o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilindi. Mamlakatimiz sportchilarining ko‘plab litsenziyalarni qo‘lga kiritishi hamda munosib ishtirok etishi uchun tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mutasaddi rahbarlarning sohadagi muammolarni bartaraf etish, aholini ommaviy sportga keng qamrab olish, professional sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring