Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport olamidagi eng mashhur juftliklar

Sport olamidagi eng mashhur juftliklar

Foto: «Sportfm.ru»

Andre Agassi va Shteffi Graff

Amerikalik Andre Agassi va nemis Shteffi Graf umumiy hisobda 30 marotaba «Katta dubulg‘a» turnirlarida g‘olib chiqishgan. Ularning 22 tasi Shteffiga tegishli.

Caption

Amerikalik tennischi Grafgacha o‘zidan besh yosh katta aktrisa va model Bruk Shilds bilan turmush qurib, ajrashishga ham ulgurgan edi. Sportchilarning muhabbat qissasi 1999-yilgi Fransiya ochiq chempionatidan boshlandi. Musobaqada ikkalasi ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Andre 1996-yildan buyon ilk bor bunday katta turnirda muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, Shteffi mavsum boshidan buyon hech narsa yutmagan edi. Qiziq tomoni, o‘shanda Shteffi Graf Agassini deb yetti yillik sevgilisi — avtopoygachi Mixael Bartels bilan orani ochiq qilgan.

Mashhur tennischilar 2001-yilning oktyabrida turmush qurishdi. Hozirgi kunda ularning Jaden Gil ismli o‘g‘li va Jaz Eli ismli qizi bor.

Ule-Eynar Byorndalen va Darya Domracheva

Norvegiyalik biatlonchi 2012-yilning 4-oktabrida italiyalik hamkasbi Natali Santer bilan ajrashayotgani haqida ommaga ma’lum qildi. 2006 yilda to‘yi bo‘lgan sportchilar ungacha ham sakkiz yil birga hayot kechirishgan edi. Avvaliga skandinaviyalikni fanatizmda ayblashdi. Guyoki u biatlonga shunchalik bog‘lanib qolganki, u hayotidagi boshqa narsalarni siqib chiqargan emish...

Caption

Darya va Ule uzoq vaqt munosabatlarini yashirib yurishdi. Vaqti kelganida esa sir saqlashga hojat qolmadi. 2016-yilning 17-iyulida to‘y qilgan sportchilar oilasida 1 oktyabr kuni yangi mehmon – Kseniya dunyoga keldi («Donishqishloq latifalari»dagi Matmusaning bu voqeaga aloqasi yo‘q — «Xabar.uz»). Farzandi kichikligiga qaramasdan uch karra olimpiada chempioni Pxyonchxan olimpiadasida ham ishtirok etdi. Sakkiz karra olimpiada g‘olibi Byorndalen esa, garchi o‘zi olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmagan bo‘lsa-da, turmush o‘rtog‘ining jamoasida murabbiylar shtabidan o‘rin oldi.

Bastian Shvaynshtayger va Ana Ivanovich

Yana bir mashhur juftlik futbol bo‘yicha jahon chempioni va Germaniya terma jamoasining sobiq sardori Bastian Shvaynshtayger va «Katta dubulg‘a» turnirlarining ko‘p karra g‘olibi Ana Ivanovichdir. Bu sportchilarning ishqiy munosabatlari 2014-yildan boshlandi.

Caption

«Bavariya» va «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi serbiyalik tennischini deb yetti yil birga yashagan sobiq ma’shuqasi, nemis modeli Sara Brandtner bilan aloqani uzdi. 2016-yilning iyulida Shvaynshtayger va Ivanovich Venetsiyada turmush qurishdi. 2017-yilning noyabr oyida yulduzli juftlik yangi mehmon kutishayotganini ma’lum qilishdi.

Dilshod Mahmudov va Saida Burhonxo‘jayeva

O‘zimizning yulduzlar Dilshod va Saida 2002-yili Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari vaqtida tanishishgan. O‘yinlarda oltin medalni qo‘lga kiritgan Mahmudovning har jihatdan omadi kelgan.

Ilk yutug‘ini 1998-yilda Moskva shahrida o‘tkazilgan Jahon o‘smirlar o‘yinlarida qo‘lga kiritgan Saida Buxoro va Samarqandda o‘tgan universiadalar g‘olibi va ketma-ket ikki marta yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan. Siyena shahrining «Libertas Siyena» jamoasi tarkibida Italiya chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Ezgu niyatlar bilan oila qurgan bokschi Dilshod Mahmudov va stol tennisi bo‘yicha milliy terma jamoamiz murabbiyi Saida Burhonxo‘jayevaning Bilol va Robiya ismli farzandlari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring