Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportni targ‘ib qilgan rahbar rag‘batlantiriladi

Sportni targ‘ib qilgan rahbar rag‘batlantiriladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Hukumat qarori bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, rag‘batlantirish tanlov o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • tashkilotlarning barcha bo‘linmalari miqyosida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazganligi uchun;
  • aholining keng qatlamlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun.

Tanlovda ishtirok etish uchun tashkilotlar har yili 1-avgustgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot, video- va fotolavhalar;
  • har bir tanlov ishtirokchilari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishtirokchining yozma axboroti.

Ishtirokchilarning amalga oshirgan ishlarini baholash uchun Vazirlikda 5 kishilik ishchi guruh tuziladi.

G‘oliblar ishchi guruh tomonidan 10 sentyabrgacha aniqlanadi hamda sertifikat, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Tanlovni o‘tkazish quyidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring