Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV: «Call-markaz»ga murojaatlar ikki barobarga oshib ketdi

SSV: «Call-markaz»ga murojaatlar ikki barobarga oshib ketdi

foto: SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, 20 kun davomida «Call-markaz»ga jami 14 ming 112 ta murojaat kelib tushgan.

Yangi yilning dastlabki 5 kunida o‘rtacha murojaatlar soni 300-400 tani tashkil etgan bo‘lsa, navbatdagi besh kunda ketma-ket o‘sish kuzatilib, 478 tadan 761 tagacha yetgan. Shuningdek 1-10 yanvar sanalarida «Call-markaz» dispetcherlari 4512 ta murojaatni qabul qilgan.

Yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshdi. Murojaatlar soni kuniga o‘rtacha 900-1000 taga yetgan. Natijada oyning ikkinchi o‘n kunligida jami 9600 ta murojaat qilindi. Bu, 1-10 yanvar kunlariga qiyoslaganda, ikki barobarga oshgan.

«Call-markaz»ga qo‘ng‘iroq qiluvchilarning katta qismi korononavirusning yangi shtammi belgilari, uni davolash yo‘llariga oid savollar bilan murojaat etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring