Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalinganlarning 4 nafari bolalardir – SSV

Koronavirusga chalinganlarning 4 nafari bolalardir – SSV

Illyustrativ foto

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda. 

SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmaganlar — bolalardir. Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0-9 yoshgacha — 4 nafar, 10-19 yoshgacha — 1 nafar, 20-40 yoshgacha — 27 nafar, 40-50 yoshgacha — 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha — 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlardan 11 nafarining holati o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deyiladi SVV matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring