Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Stokgolmdagi mehmonxonalardan birida bomba topildi

Stokgolmdagi mehmonxonalardan birida bomba topildi

Foto: «Korrespondent.net»

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahridagi mehmonxonalardan birida qo‘lbola bomba topildi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Portlovchi modda mehmonxonada yashayotgan yosh juftlikning xonasidan topilgan. Juftlik — 20 yoshli erkak va 25 yoshli ayol qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular avval ham narkotik bilan bog‘liq qonunbuzarlik yuzasidan sudlangan.

Ular portlovchi moddani qanday qilib qo‘llamoqchi bo‘lgani hozircha noma’lum. Xonada, shuningdek, qurol ham aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring