Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud raisi advokatlar bilan nimalar haqida gaplashdi?

Sud raisi advokatlar bilan nimalar haqida gaplashdi?

Sudya va advokat «bir qozonda qaynamasligi» ma’lum. Chunki, har ikkisining yo‘rig‘i boshqa, yo‘nalishi boshqa. Biroq pirovad maqsadi bitta: adolatga ozor yetmasin!

Shu nuqtai nazardan sud tizimidagi islohotlarni aholiga to‘g‘ri yetkazish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tushuntirib borishda advokatlarning o‘rni juda muhim. Shunday ekan, himoyachilar bilan vakolat doirasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sud jarayonida ba’zan uchraydigan tushunarsiz holatlarning oldini oladi.

Xorazm viloyat sudi raisi Bahodir Polvonov viloyatda ilk marta hududda faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlar bilan uchrashganining tub sababi shu.

Muloqotda sudya va advokat munosabatlari muhokama markazida bo‘lib, advokatlarning sud tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchini oshirish haqida bildirgan fikrlari eshitildi. Shuningdek, uchrashuvda kasb etikasi, odob-axloq qoidalariga amal qilish va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalarida ham obdon gaplashildi.

Ba’zida ayrim advokatlarning nojo‘ya va noqonuniy xatti-harakatlari sudni obro‘sizlantirishi, fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchiga soya solishiga  ehtimolini yuzaga keltirayotgani bor gap. Katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan advokatlar bunday salbiy holatlar advokatura tizimiga nisbatan ham fuqarolarning ishonchsizligini keltirib chiqarishini ta’kidlashdi.

E’tiborlisi, muloqot yakunida samarali faoliyati respublika darajasida e’tirof etilgan bir guruh ayol advokatlarga faxriy yorliq topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring