Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud Ronalduga nisbatan hukm chiqardi

Sud Ronalduga nisbatan hukm chiqardi

Foto: «Reuters»

Madrid sudi Portugaliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni 23 oylik shartli qamoq jazosiga hukm etdi. Bundan tashqari 23 million yervo miqdorida jarimaga ham tortdi. Shu tariqa anchadan buyon  cho‘zilib kelayotgan «Ronaldu ishi» poyoniga yetdi.

Futbolchiga nisbatan soliqlardan  bo‘yin tovlash ayblovi achadan beri ilgari surilib kelayotgan edi. Ronaldu o‘zini u yoqqa tashladi, bu yoqqa tashladi, natija bo‘lmagach, aybini tan olishdan o‘zga chora topmadi. Aybiki, 2011 – 2014-yillar mobaynida Ispaniya davlat g‘aznasiga 5,7 millon yervo soliq to‘lamaganligi edi. 

O‘sha paytda mohir futbolchi Madridning «Real» klubida javlon urgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring