Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud zalidagi to‘polon, yangilangan Janubiy vokzal, shifoxonaga tushgan Shvarsenegger, Zlatanning sensatsion debyuti va boshqa xabarlar

Sud zalidagi to‘polon, yangilangan Janubiy vokzal, shifoxonaga tushgan Shvarsenegger, Zlatanning sensatsion debyuti va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 1-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Jamiyat

Nogironlarning ishga joylashishi uchun yangi imtiyozlar

Unga ko‘ra, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarga mos qasb va ko‘nikmalar o‘rgatish maxsus ustaxonalarini qo‘shimcha jihozlash va qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Zo‘ravonlarning panjara ortidagi tomoshasi. Samarqandda xavfli jinoiy guruh ustidan hukm o‘qildi (video)

Tumandagi ma’lum bir hududni bir necha yil davomida qo‘rquvda ushlab turib, tovlamachilik va talonchilik bilan shug‘ullangan guruhning 12 nafar a’zosi sud oldida qilmishlariga yarasha javob berishdi. Jinoiy to‘da rahbarlari sud qarori bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Surxondaryoda foydalanilmayotgan ob’yektlar tadbirkorlarga beriladi

Qaror bilan Surxondaryo viloyatining 9 ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 55,1 gektar) kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.

Toshkent Janubiy vokzali 4 apreldan ish boshlaydi

Vokzal bir vaqtning o‘zida 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, bir kecha kunduzda 20 000 nafar yo‘lovchilar 19 poyezdlarda kutib olinadi va kuzatiladi.

Madaniyat

«Terminator» shifoxonaga tushib qoldi

Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger shifoxonada yurak operatsiyasini o‘tkazdi.

Sport

Zlatan Ibragimovichning MLSdagi debyuti dahshatli chiqdi. Gollarini tomosha qiling (video)

O‘tgan haftada «Manchester Yunayted»ni tark etib, «LA Galaxy»ga yo‘l olgan Zlatan Ibragimovich MLSdagi debyutini dahshatli boshladi.

JCh tarixida ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassis komissar bo‘ladi

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.

Iqtisodiyot

Bugundan boshlab konversion kartalardagi valyutani naqd pul shaklida yechib olish mumkin

Barcha banklarda operatsiya uchun 0,5 foizdan 3 foizgacha bo‘lgan komissiya ko‘zda tutilgan.

Texnologiya

O‘zbek dasturchisining Moldova IT-parkidagi taassurotlari

O‘zbekistonlik dasturchi Sarvar Nishonboyev Kishinyovda o‘tkazilgan «GameChanger2018» tadbirida ishtirok etib qaytdi va Moldova IT-parkida ham bo‘lib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dunyo

G‘azoda Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvda 17 falastinlik halok bo‘ldi

O‘n minglab falastinlik namoyishchilar Isroil va G‘azo sektori chegarasida Isroil qurolli kuchlari bilan to‘qnash kelgan.

Afg‘onistonda yana portlash: bu safar bozorda

Jalolobod shahridagi bozorda portlash yuz berdi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi.

Rossiya TIV: «G‘arbning asosiy niyati — JCh-2018ni boykot qilish»

«Men shunday tasavvur qilayapman, hamma harakatlar mazkur o‘yinlarni rus maydonida o‘tkazmaslik harakatiga borib taqalyapti. Barcha «usullar» yaxshi, niyat esa Rossiyadan jahon chempionatini tortib olish» degan Zaxarova.

Tavsiya qilamiz

Hammasi ideal bo‘lsa...

– Qo‘ysangiz-chi! Turaversin. Keyingi oylar uchun qayd etib qo‘ying! – Ammo siz beshikdagi nevaralaringizning kelajagi uchun ham to‘lab bo‘lgansiz. To‘g‘ri, hozir hamma shunday qilyapti. Ammo bizni ham to‘g‘ri tushuning, azbaroyi pul ko‘pligidan ishxonamizda qadam bosishga joy yo‘q, banklar qabul qilmayapti. Eshitgan bo‘lsangiz, ortiqcha naqd pul tufayli ikkita bank paq etib...

Nima uchun o‘qituvchilar va shifokorlar jamiyatning past tabaqasiga aylanib qoldi?

1990-yillardagi xavfsizlik muammolari kuch ishlatar tizimlari va nazorat organlarining ahamiyatini orttirib yubordi. Shu bois mazkur sohalarda ishlovchi insonlar maosh, mansab va obro‘ jihatidan yangi, ya’ni yuqori mavqega ega bo‘ldilar. Ilgari yoshlar «o‘qituvchi bo‘laman», «shifokor bo‘laman» degan bo‘lsa, endi «prokuror bo‘laman», «Men MXXga ishga kiraman» deb orzu qiladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring