Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar faoliyatidagi korrupsion holatlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Sudyalar faoliyatidagi korrupsion holatlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun AOKAda Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan tadbir o‘tkazilgani xususida xabar berilgandi.

Ushbu tadbirda sudyalar faoliyatida korrupsion holatlar bo‘yicha savolga ham javob berildi. 

Kengash matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarovga ko‘ra, 2020-yil davomida bir nafar sudya faoliyatida shunday holat aniqlangan va jinoiy ish ochilgan. Joriy 2021-yilning shu davriga qadar esa biror bir korrupsion holat aniqlanmagan. 

«Bu bo‘yicha statistika vahimali emas»,— deydi kengash rasmiysi. 

Shuningdek, tadbirda qo‘shimcha qilinishicha, 2020-yilda uchta holatda sudyalarning daxlsizligini buzilgani aniqlanib, qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida to‘rtta shunday holat yuz berdi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokurorga o‘z vaqtida taqdimnomalar kiritilishi natijasida bitta jinoyat, ikki ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atildi.

Yana bir holat o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring