Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sug‘urta faoliyati, uning mexanizmlari va turlaridan xabardormisiz?

Sug‘urta faoliyati, uning mexanizmlari va turlaridan xabardormisiz?

«O‘zagrosug‘urta» AJ tomonidan joylarda aholining sug‘urta madaniyatini yuksaltirish, sug‘urta borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish borasida kompaniya rahbariyati, xodimlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida 12-fevraldan 16-fevralgacha seminarlar, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, sug‘urta bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy va yuridik shaxslar, korxona hamda tashkilotlarning mulkiy manfaatlarini ishonchli himoya qiluvchi samarali vosita hisoblanadi. Shu sabab aholini sug‘urta faoliyati, uning mexanizmlari, turlari hamda afzalliklari haqida kengroq xabardor qilib borish bugungi kunning muhim shartiga aylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring