Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriya va Turkiyada terrorchi tashkilotlar safida bo‘lgan 4 nafar shaxs qidirilmoqda

Suriya va Turkiyada terrorchi tashkilotlar safida bo‘lgan 4 nafar shaxs qidirilmoqda

Yoshlarimizdan ayrimlari xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangari bo‘lib yurgani barchamizni tashvishga soladi...

Foto: «novorosinform.org»

Ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi 2018-yilning aprelida Bo‘z va Ulug‘nor tumanidagi faoliyati yakunida Andijon viloyati imom-xatiblari bilan ham uchrashdi. Joriy yilning fevral oyida ham ular bilan uchrashilib, viloyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit va diniy vaziyatning tahlili, mavjud kamchilik va muammolar birgalikda muhokama qilib olingan edi.

Bu galgi uchrashuvda O‘zbekiston Respublika Prezidentining Davlat maslahatchisi Rustam Komilov ma’ruza qildi va bugunning dolzarb masalalariga barchaning e’tibor qaratdi.

Xususan, chekka va chegaraoldi tumanlardagi diniy vaziyatni doimiy nazorat qilish, aholi, ayniqsa, vaqtincha ishsiz fuqarolar, uyushmagan yoshlar bilan targ‘ibot va profilaktika tadbirlarini tizimli tashkil etish, mahallalarda islom dinining asl tinchlikparvar, ma’rifatparvar mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish haqida so‘z bordi.

Mehnat migrantlari orasida keng ko‘lamli tushuntirish tadbirlarini muntazam o‘tkazish, ular tomonidan yurtiga qaytib kelgandan so‘ng o‘z yaqinlari va qarindoshlari orasida yot g‘oyalarni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ymaslik, aholining turli qatlam vakillari, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini oshirish, din borasidagi savollariga aniq va ravshan, Qur’on oyatlari va hadislar asosida javob berish uchun o‘z ustida ishlab, kasbiy mahoratini yuksaltirish zarurligi qayd etildi.

O‘tgan qisqa muddatda maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, ularga islom dinining insonparvarlik dini ekanini tushuntirish, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish borasida ishlar qilinib, ellikdan ortiq maxsus hisobdan chiqarilgan shaxslarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga imom-xatiblar e’tiboridan chetda qolayotgan, loqaydlik va e’tiborsizlik sababli ishlar talab darajasida bajarilmayotgani jiddiy tanqid qilindi.

Viloyatda mavsumiy ishlash maqsadida xorijga ketgan fuqarolar o‘rtasida ekstremistik oqimlar ta’siriga berilish, yurtiga qaytib kelgandan so‘ng o‘z yaqinlari va qarindoshlari orasida yot g‘oyalarni targ‘ib qilishga urinish holatlari hamon uchrab turibdi. Masalan, 2018 yilning o‘tgan davrida 7 nafar mehnat migrantning (Andijon shahri – 1 nafar, Andijon tumani – 1 nafar, Asaka – 1 nafar, Qo‘rg‘ontepa – 1 nafar, Paxtaobod – 2 nafar, Xo‘jaobod – 1 nafar) diniy ekstremistik tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirganligi aniqlangan. Bugungi kunda ulardan
2 nafari yashash manzilida, qolganlari esa xorijda yuribdi.

Umuman olganda, viloyat yoshlaridan ayrimlari xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangari bo‘lib yurgani barchamizni tashvishga soladi va ularning safi kengaymasligi uchun keng jamoatchilik birgalikda ishlashi zarur.

Bo‘z tumanida 6 nafar shaxs qidiruvda sanaladi. Ularning 2 nafari Suriyada terrorchi tashkilotlarga qo‘shilgan. Ikkitasi ilgari terrorchi tashkilotlar safida bo‘lgan, hozirda Turkiyada yashamoqda. Bo‘z tumanida “Dehqonobod” va “Yangiqishloq” mahallarida maxsus hisobdan chiqarilgan, lekin xali-hanuz ijtimoiylashuvi qiyin kechayotgan o‘ndan ortiq xonadonlar mavjud.

Viloyatdan jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan oqim tarafdorlari bilan profilaktika suhbatlarini o‘tkazish maqsadida targ‘ibot guruhlari tashkil etib, ularda imom-xatiblarning ishtiroki ta’minlanmagan.

Internetdagi diniy sohadagi mavzularni yoritadigan mavjud 32 ta rasmiy uz. domenidagi saytlardan foydalanishga, onlayn tizimidagi muloqotlar orqali diniy savollarga javob berish ahvoli sust va qoniqarsiz darajada. Natijada qiziquvchan yoshlar mazkur saytlardan o‘zini o‘ylantirgan savollarga javob izlash o‘rniga, yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi mafkuraviy bosim o‘tkazuvchi tarmoqlar ta’siriga tushib qolmoqda.

Imom-xatiblar tomonidan turli marosim va tadbirlarda aholi orasida oilaning muqaddasligi, ajrim va noqonuniy nikohning oldini olish, ularni keltirib chiqarayotgan sabablarini aniqlash, ularga samarali yechim topishda, mahalla raislari bilan yaqindan hamkorlik qilishda faollik kuzatilmayapti.

Laziz Rahmatov
Respublika ishchi guruhi a’zosi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring