Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada qonli janglar davom etmoqda

Suriyada qonli janglar davom etmoqda

Foto: «Yevronyus»

O‘tayotgan haftada Suriyada qonli janglar yana davom etdi: hukumat kuchlarining Sharqiy Gutadagi bombardimonlari, Afrindagi turk harbiylarining hujumlari, Idlibdagi qo‘zg‘olonchilar va IShID guruhi terrorchilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bilan yodda qoladigan bo‘ldi.

Bir qancha rahbarlar Suriyadagi urush nihoyasiga yetganini aytgan bo‘lsalar-da, Rossiya, Turkiya va Eron o‘rtasidagi bitimga ko‘ra «eskalatsiya hududi» deya baholangan Sharqiy Gutada qonli janglar hamon davom etmoqda.

Hukumat kuchlarining isyonchilar lagerlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida dushanba kunidan buyon 230ga yaqin tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. 400 000 aholi istiqomat qiladigan ushbu hududda odamlar yerto‘la hamda bunkerlarda jon saqlashga majbur bo‘lmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hukumat kuchlarining kimyoviy quroldan foydalanganidan xavotirini izhor qildi. Damashq esa bu iddaolarni rad etdi.

BMT gumanitar yo‘lak ochishni talab qildi, ammo Xavfsizlik kengashi bu safar ham kuchsizlik qildi. Rossiya esa Vashington tomonidan taklif etilgan «o‘t ochishni to‘xtatish» haqidagi taklifni «noreal» deya baholadi.

Isyonchilar joylashgan Damashq yaqinidagi Sharqiy Guta hukumat uchun muhim ahamiyatga ega. Ammo u zo‘ravonliklarning yagona nuqtasi emas.

Idlib provinsiyasida isyonchilar va IShID o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda. Juma kuni Suriya inson huquqlari monitoring markazi hukumatni terrorchilarga ushbu hududga o‘tib olishlari uchun yo‘lak yaratib berganlikda ayblab chiqdi.

Ayni shu paytda shimolda Turkiya armiyasi kurdlar istiqomat qiladigan Afrin shahridagi harbiya harakatlarining uchinchi haftasini o‘tkazmoqda. Turkiya harbiy aviatsiyasi Xalq mudofaasi otryadlari pozitsiyalariga zarba berayotgan bir paytda, Afrin rasmiylari ushbu hujumlar oqibatida 160 nafarga yaqin inson nobud bo‘lgani va ko‘plab kishilar o‘z uylarini tashlab qochganini ma’lum qilmoqdalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring