Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Saparov Ilhom Ochilovich Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

U 1975-yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Termiz davlat universitetining bakalavr, 2011-yil magistr yo‘nalishlarini tugatgan. Mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi.

I. Saparov mehnat faoliyati davomida Termiz pegagogika kolleji jismoniy tarbiya va biologiya fani o‘qituvchisi, bo‘lim mudiri, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Termiz bank kolleji direktori, Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifalarida ishlagan. 2017-yildan Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021-yillarda Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring