Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda soxta universitet ochgan firibgarlar ushlandi

Surxondaryoda soxta universitet ochgan firibgarlar ushlandi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar M.J. va S.S. o‘zaro til biriktirib, U.A. MChJni tashkil etishgan. So‘ngra Telegram messenjerida «At Termiziy University» xususiy universiteti kanalini ochib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga o‘qishga qabul boshlangani haqida xabarlar tarqatishgan.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv ma’lum bo‘lgan.

Natijada ushbu shaxslar ushbu universitetda o‘qish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln. so‘mini to‘lov pullari sifatida qabul qilib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring