Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda yangi adliya boshqarmasi binosi foydalanishga topshirildi (foto)

Surxondaryoda yangi adliya boshqarmasi binosi foydalanishga topshirildi (foto)

12 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yangi adliya boshqarmasi binosi foydalanishga topshirildi. Yangi binoning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Tashkulov Akbar Djurabayevich, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Po‘latov Bahodir Baxtiyarovich hamda davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foydalanishga topshirilgan yangi adliya boshqarmasi binosi uchun  6,5 mlrd. so‘m mablag‘ sarflangan. Uch qavatli bino barcha qulayliklarga ega bo‘lib, undagi xizmat xonalari, 180 o‘rinli katta majlislar zali, sport zali, oshxona va mehmonxona yangi zamonaviy texnika vositalari, barcha zarur ofis jihozlari bilan ta’minlangan, optik tolali internet tarmog‘i hamda kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring