Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Suvsoz» DUK rahbari o‘zgardi

«Suvsoz» DUK rahbari o‘zgardi

Foto: «Suvsoz» DUK

Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu yig‘ilishda Mirhidoyatov Tohir Sharapovich «Suvsoz» davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar T.Mirhidoyatov «Toshkent agro zaxira xizmat» davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, u 1960-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini 1982-yilda tamomlagan. 2003-2012-yillarda «Suvsoz» davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi, 2012-2015-yillarda Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti boshlig‘i, 2015-2017-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, yig‘ilishda Karimov Feruz Farhodovich Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar F.Karimov Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, u 1987-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent islom universitetini 2008-yilda tamomlagan. 2008-2009-yillarda Oliy Majlisi Senati devonining moddiy-texnika ta’minot bo‘limi texnigi, 2011 - 2017-yillarda Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring