Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda suyultirilgan gaz ballonlari talon-toroj qilingani aniqlandi

Samarqandda suyultirilgan gaz ballonlari talon-toroj qilingani aniqlandi

Foto:«Propan.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.

Unga ko‘ra, «Jomboytumangaz» filiali bo‘lim muhandisi G‘.I. va boshqalar, moddiy javobgarligida bo‘lgan 128,2 mln. so‘mlik 402 dona maishiy gaz ballonlarini hamda 101,4 mln. so‘mlik suyultirilgan gaz mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring