Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi hukumatga xotin-qizlar uchun biznes ta’limi dasturi loyihasini taqdim etdi

«Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi hukumatga xotin-qizlar uchun biznes ta’limi dasturi loyihasini taqdim etdi

«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi o‘zining 27 yillik faoliyati davomida yuzlab biznes ta’lim dasturlarini amalga oshirdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda katta tajriba maktabi yaratildi: jamiyatimiz xususiyatlari hisobga olingan kattalar uchun biznes ta’lim metodikasi ishlab chiqildi, malakali mahalliy biznes trenerlar tayerlandi, ustozlar, ekspertlar guruhlari shakllandi.

Natijada taqdim qilingan o‘quv dasturlaridan katta ko‘rsatgichli foydalilik koeffitsiyentiga erishilgan: 43 ming nafar biznesga o‘qitilgan xotin qizlarning 75 foizi o‘zlarining biznes faoliyatlarini boshlagan. Assotsiatsiya o‘quv dasturlaridagi ishtirokchilar tomonidan 130 mingta yangi ish o‘rinlari barpo etilgan.

Assotsiatsiya vakillarining «Xabar.uz»ga xabar qilishlaricha, «Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi xotin-qizlar uchun biznes asoslari bo‘yicha kompleks o‘quv-informatsion dasturini amalga oshirish taklifi bilan hukumatimizga murojaat etgan. Ushbu loyihaning nomi «2018-2020-yillarda xotin-qizlar biznes ta’lim tizimini mukammallashtirish» dasturi.

Loyiha dasturi to‘rtta o‘quv modullarini qamrab oladi:

Birinchisi — «Biznesni rejalashtirish va moliyaviy savodxonlik».

Ikkinchisi — «Biznesni samarali boshqarish».

Uchinchisi — «Raqobatbardoshlik va maxsulotni bozorga munosib taqdim etish»

To‘rttinchisi — «Tadbirkorlik faoliyatini yuritish: ayol, oila, biznes, urf-odat va zamonaviylik».

Shu bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirishga oid ko‘makni ta’minlash maqsadida, barcha tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan yangi darajadagi hamkorlikni amalga oshiradi.

Ushbu loyiha mamlakatimizning 180 ta tuman va shaharlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. U amalga oshadigan bo‘lsa, 78 ming nafar xotin-qizlarga biznes asoslari bo‘yicha ko‘nikma va amaliy yordam beriladi, 50 mingta yangi ish o‘rinlari ochiladi, qishloq hududlarida qiyin ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlar ish bilan band etilib, salohiyatlarini daromad keltiruvchi faoliyatga yo‘naltirish hisobiga ularga psixologik va iqtisodiy yordam ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring