Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarga investitsion muhitdagi o‘zgarishlar tushuntirildi

Tadbirkorlarga investitsion muhitdagi o‘zgarishlar tushuntirildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan kecha, 7-avgust kuni Toshkent tumani hokimligida Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyatning mutasaddi idora va tashkilotlari mas’ul xodimlari, shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar vakillari, tadbirkorlik sub’yektlari hamda investitsiya kiritishni rejalashtirayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yuridik hamda jismoniy shaxslar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Nuritdinov va boshqarma bosh maslahatchisi U.Mirshayev so‘zga chiqdi.

— Farmonga muvofiq qator kafolat va imtiyozlar yaratildi, — deydi  U.Mirshayev. — Xususan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirildi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirildi. Farmonning yana bir e’tiborga molik jihati, endilikda mamlakatimizga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik uch yillik viza olish imkoni yaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur farmonning ahamiyati tushuntirildi hamda ularni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring