Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlar kamera o‘rnatadigan joylarning boshlang‘ich narxlari e’lon qilindi

Tadbirkorlar kamera o‘rnatadigan joylarning boshlang‘ich narxlari e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Tadbirkorlar tomonidan qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralar o‘rnatish tartibi belgilandi.

Qarorga ko‘ra, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylar «E-IJRO AUKSION» platformasida onlayn auksionga qo‘yiladi. Shuningdek, Tadbirkorlarga ushbu hududlardagi so‘nggi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Tadbirkorlarga yo‘llarda xususiy radarlarni o‘rnatishga ruxsat berish loyihasi ko‘rib chiqilib, o‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxi 735.000 so‘mdan 8.575.000 so‘mgacha etib belgilangan.

Tizim ishga tushirilgan kundan boshlab tadbirkorlarga 1 yil davomida qayd etilgan qoidabuzarliklardan undirilgan jarima summasining 50 foizi, 1 yil o‘tgach esa 25 foizi o‘tkazib beriladi.

Ma’lumot uchun: birgina Toshkentda 157 ta xususiy radarlar va 2500 ta kamerlar o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring