Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarga qo‘shimcha bojxona imtiyozlari berildi

Tadbirkorlarga qo‘shimcha bojxona imtiyozlari berildi

Foto: «Xabar.uz»

Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan olib kiriladigan quyidagi turdagi tovarlar 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi:

  • tuyaqushlar;
  • birlamchi shakldagi etilen polimerlari.

Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik sub’yektlari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakillantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020-yil 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashituruvchi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring