Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorning oyog‘ini sindirib, 17500 AQSh dollarini olib qochgan talonchi ushlandi

Tadbirkorning oyog‘ini sindirib, 17500 AQSh dollarini olib qochgan talonchi ushlandi

Foto: «vstrg.info»

Namangan shahrida shu yil 3-dekabr kuni «Shishaki» MFYda yashovchi N.E. IIBga murojaat qilib, shu yil 29-noyabr kuni birga yashovchi akasi, xususiy tadbirkor, I.E. «chap boldir suyagi sinishi» tashxisi bilan RShTYoIM Namangan viloyati filialiga yotqizilganligini va shifokorlarga yashash uyida yiqilib, jarohat olganligini ma’lum qilib, ushbu holatga aniqlik kiritib qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 29 noyabr kuni I.E. o‘z boshqaruvidagi  «Range Rover»  rusumli avtomashinada uyi oldiga kelgan vaqtida noma’lum shaxs uning oyoq qismiga noma’lum jism bilan urib, avtomashinasidan 17500 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashiringanligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar «Furqat» MFYda yashovchi R.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring