Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tailandda poyezd avtobusni urib yubordi: halok bo‘lganlar ko‘p (video)

Tailandda poyezd avtobusni urib yubordi: halok bo‘lganlar ko‘p (video)

Foto: «News.yandex.ru»

Tailandda yuk tashuvchi poyezd temiryo‘l kesishmasida avtobusni urib yubordi. Buning oqibatida 20 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «MIR 24» telekanali.

To‘qnashuv paytida avtobusda jami 60 kishi bo‘lgan. Haydovchi ishlayotgan semaforga qaramay yaqinlashib kelayotgan poyezdning oldidan o‘tib ketishga uringan.

Avtobus Samutprakan provinsiyasidan Chachoyengsao ibodatxonalaridan biriga ketayotgandi. Yo‘lovchilar Samutprakan fabrikalaridan birining ishchilari bo‘lishgan.

Politsiya hodisini o‘rganmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring