Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’minotchi korxona xodimi jinoyat ustida ushlandi

Ta’minotchi korxona xodimi jinoyat ustida ushlandi

Foto: «1reg.by»

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ta’minotchi korxona xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ya’niki, Navoiy shahar elektr ta’minoti uchastkasi elektromontyori G‘.J. «Bobur Azizon» MChJga qarashli «Light» kafesiga o‘rnatilgan eski elektr hisoblagichni yangisiga almashtirar ekan, uni «kam hisoblaydigan» qilib beradigan bo‘ldi. Biroq tekinga emas, montyor «xizmati»ni 1,5 million so‘mga baholadi. Va... kelishilgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qanday qilib elektr hisoblagichni «kam hisoblaydigan» qilib qo‘yish mumkin? Ustasi — ustada, uskunaning «tilini» biladi, desangiz adashasiz. Qahramonimiz o‘rnatgan uskuna, «ASIA ENERGOMERA» MChJning 15.08.2019 yilgi ekspert tekshiruvi dalolatnomasiga ko‘ra, davlat standarti talablariga javob bermasligini ko‘rsatdi.

Demak, bunaqa «ixtiro»ni fosh etish qiyinmas.

Mazkur holat yuzasidan G‘.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 214-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring