Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli tadbirkor Husan Mamasaidovning «hayot taqvimi»

Taniqli tadbirkor Husan Mamasaidovning «hayot taqvimi»

«Deli.uz» kompaniyasi asoschisi Husan Mamasaidov.

Foto: «Inha.uz»

Toshkent shahridagi Inha universitetida «Deli.uz» kompaniyasi asoschisi Husan Mamasaidovning «MY LIFE PLANNER» mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Uch soat davomida O‘zbekistonning taniqli tadbirkori o‘zining tajribasi va sinovdan o‘tgan rejalashtirish vositalari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: «Inha.uz»

Mahorat darsi davomida Husan Mamasaidov o‘z planeri haqida gapirib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur planerni unga AQShlik bir senator 2002-yilda O‘zbekiston elchixonasida bo‘lgan vaqtida bergan ekan.

Har yili Husan Mamasaidov o‘qigan kitoblari va treninglarda orttirgan bilimlari asosida yangidan-yangi vositalarni qo‘shib boradi.

Muallifning fikricha, planerga qo‘shgan eng qulay vositalardan biri — bu so‘zsiz «hayot taqvimi»dir.

«Men hech qachon uzoq muddatga reja tuzilgan bunday shakldagi «hayot taqvimi»ni ko‘rmagandim. Uning asosida kelajak istiqboldagi o‘z hayotingizga nazar solishingiz mumkin. Shundan so‘ng men shunday taqvim tuzdim va uni o‘z planerimga qo‘shdim», —  dedi Husan Mamasaidov.

Foto: «Inha.uz»

Mahorat darsi vaqtida ishtirokchilar rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirishga ulgurish uchun asosiy ustuvorliklarni aniqlash maqsadida ishlarni samarali rejalashtirish bo‘yicha muallifning tajribasi bilan tanishdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring