Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanlov natijalari: Uchinchi yo‘nalish bo‘yicha g‘olib aniqlandi

Tanlov natijalari: Uchinchi yo‘nalish bo‘yicha g‘olib aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tanlov o‘tkazganidan xabaringiz bor, albatta.

Bugun mazkur tanlov o‘z yakuniga yetdi va g‘oliblar aniqlandi.

Uchinchi yo‘nalish — «Telegram» kanallari ma’murlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov shartiga ko‘ra, har bir ishtirokchi o‘zining «Telegram»dagi kanalida «Xabar.uz»ning «Telegram» kanali (@xabaruzofficial)ga o‘tish taklif qilingan original post e’lon qilishi lozim edi. Ko‘rishlar soni bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan kanal ma’muriyati g‘olib deb topilishi e’lon qilingan edi.

Tanlovning ushbu yo‘nalishida 30 dan ortiq «Telegram» kanallari ma’murlari ishtirok etdi. Ularda e’lon qilingan postlar bir necha yuz minglab auditoriyani qamrab oldi. Eng muhimi, tanlov bahonasida Qurolli kuchlarimiz, harbiylar sha’niga iliq so‘zlar, bayram tabriklari ulashildi.

Bugun esa tanlovimizning mazkur yo‘nalishi g‘olibini e’lon qilish fursati yetdi. «Telegram»dagi «RealMadrid» C.F» kanalida e’lon qilingan post qariyb 854 ming marta ko‘rildi va kanal ma’muriyati eng yaqin ta’qibchisidan (407 ming) ikki barobar ko‘proq natija ko‘rsatgan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olibni tabriklaymiz! Barcha-barchaga tanlovdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz. Hali yana ko‘p marta tanlov o‘tkazamiz. Kelgusi tanlovlarimizda aynan Siz g‘olib bo‘lishingiz ham mumkin. Xabar.uz axborot-tahliliy portalini kuzatishda davom eting!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring