Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Narbayeva ShHTning Ikkinchi ayollar forumida ishtirok etadi

Tanzila Narbayeva ShHTning Ikkinchi ayollar forumida ishtirok etadi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Narbayeva Shanxay hamkorlik tashkilotining Ikkinchi Ayollar forumida ishtirok etish uchun Bishkekka jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 15-16-may kunlari Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan forum 5 ta sessiyadan iborat bo‘lib, unda mintaqalararo hamkorlikning gender masalalari, ayollarning inklyuziv va barqaror rivojlanishida ayollarning roli, ShHT rivojida xotin-qizlarning rolini yaxshilash, ta’lim va sog‘likni saqlash tizimiga investitsiyalar jalb qilish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Forumning ikkinchi kunida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning ikkinchi ayollar forumi hamda onalar kuniga bag‘ishlangan «Ajdodlar merosi» amaliy san’at Respublika yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

ShHT Birinchi Ayollar forumi 2018-yilning 15-18-may kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring