Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarvuz sotuvchisini pichoqlagan shaxsga hech kim kafil bo‘lmadi

Tarvuz sotuvchisini pichoqlagan shaxsga hech kim kafil bo‘lmadi

Foto:«Sof.uz»

Buxorolik   N.S. (1979-y.t.) mast holatda janjal ko‘tarib,  oshxona pichog‘i bilan qo‘shnisiga og‘ir jarohat yetkazdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro shahar 1-son IIB tergovchisi, leytenant Azizjon Asadov xabar berdi.

N.S. Buxoro shahrining Somiy ko‘chasidagi  xonadoni yonida tarvuz sotib turgan qo‘shnisi B.A.ni qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlaydi.  B.A. unga mast ekani, hozir  gaplashish mavridi emasligini tushuntirishga urinadi. Biroq, haddidan oshgan N.S. tarvuzlardan biriga suqib qo‘yilgan oshxona pichog‘i bilan qo‘shnisiga og‘ir jarohat yetkazadi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi muqaddam bir necha marotaba sudlanib, jazo muddatini o‘tab chiqqan ekan. Mahallada o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishda  unga  hech kim kafil bo‘lmadi.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov  ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring