Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashkent City»dagi 215 metrlik osmono‘par bino qanday quriladi?

«Tashkent City»dagi 215 metrlik osmono‘par bino qanday quriladi?

Foto: «Sputnik»

«Tashkent City»da qurilishi boshlangan va Markaziy Osiyodagi eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan inshoot 50 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 215 metrni tashkil etadi. Bino poydevoriga Eyfel minorasiga sarflangan miqdordagi temir ishlatiladi, deb xabar qilmoqda «Sputnik».

«Murad Buildings» kompaniyasi rahbari Murad Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, binoning mustahkam va zilzilaga dosh berishiga to‘g‘risidagi masalalarga alohida e’tibor berilgan va bu loyihaning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab olingan.

«Tashkent City» hududidagi 4-lotda amalga oshirilayotgan qurilish poydevorlariga Eyfel minorasiga sarflangan yoki 7,5 ming kilometrni tashkil qiluvchi temir ishlatiladi. Bu Turkiyaga borib, qaytib kelishdan ham uzunroq degani. Bu o‘ziga yarasha jiddiy loyiha», — dedi Murad Nazarov.

Bundan tashqari, poydevor mustahkam bo‘lishi uchun 700 markali beton ishlatiladi.

Uning ma’lum qilishicha, qurilishi boshlangan ob’yektning poydevori 20 metr chuqurlikda, ya’ni 4 qavat pastda quyiladi. Joriy yilning kuz oyiga qadar osmono‘par binoning poydevori quyilishi rejalashtirilgan.

«Taxminan noyabr oyidan binoni qavatma-qavat ko‘tara boshlaganimizda hamyurtlarimiz shuni guvohi bo‘lishadiki, har 2 va 3 kunda binoning bir qavati ko‘tariladi», — dedi «Murad Buildings» kompaniyasi rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring