Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tashkent City»dagi muzeyda Hojiboy Tojiboyevning ham mum-haykali bo‘ladi (foto)

«Tashkent City»dagi muzeyda Hojiboy Tojiboyevning ham mum-haykali bo‘ladi (foto)

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Toshkent shahrining yangi bog‘ida, «TashkentCity» hududida «Yulduzlar muzeyi» mum muzeyi ochildi. Bu joy nafaqat mahalliy aholi, balki ichki va tashqi turistlarning ham sevimli joylaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumki, Yevropaga sayohat qiladigan sayyohlarning aksariyati «Madam Tyusso» muzeyiga tashrif buyuradi hamda Gollivud yulduzlari, olimlar, siyosatchilar va boshqa mashhur insonlar haykallari bilan suratga tushib, ular bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishadi.

«Yulduzlar muzeyi»dagi har bir eksponat, uning atrofidagi muhit eng kichik detallarigacha o‘ylab ishlangan - jonli qo‘g‘irchoqlar, zamonaviy tarixda o‘chmas iz qoldirgan ulkan shaxslar haykallarining to‘plami va hokazo.

Muzeyda Hojiboy Tojiboyevning ham mum-haykali bo‘lishi aytilmoqda. 


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring