Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tasmaniya tiklanuvchi energiya bilan o‘zini 100 foiz ta’minladi

Tasmaniya tiklanuvchi energiya bilan o‘zini 100 foiz ta’minladi

Foto: «Lakes Mail»

Avstraliyaning Tasmaniya shtati tiklanuvchi manbalardan olinuvchi elektr energiyasi bilan o‘zini to‘liq ta’minlashga o‘tganini ma’lum qildi. Orol-shtat yaqin yillar ichida ehtiyojidan ortiqcha energiya ishlab chiqarib, Avstraliyaning boshqa hududlarini ham «yashil energiya» bilan ta’minlay boshlaydi.

Shtatning energiya mustaqilligiga erishganini ma’lum qilgan Tasmaniya energetika vaziri Gay Barnettga ko‘ra, faqat shamol va gidroresurslardan foydalanilmoqda.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, Tasmaniya Avstraliyaning ekologik toza energiya oluvchi hududlaridan biriga aylanganiga ancha bo‘ldi, shtatdagi ulkan gidroresurslar mamlakatdagi elektr energiyasining asosiy qismini beryapti.

Tasmaniyada tiklanuvchi energetikaga Lonsestonda 1895-yili Duck Reach elektr stansiyasi qurilishi bilan tamal toshi qo‘yilgan, bu janubiy yarimshardagi ilk GES edi.

Shunga qaramasdan, Tasmaniya ko‘p yillar import qilinadigan gaz va ko‘mirga qaram edi. Shamol elektr stansiyalari qurila boshlashi bilan bu qaramlikka barham berildi.

Vazir Barnettning ta’kidicha, Grenvill bo‘g‘ozida shamol stansiyalari qurib bitkazilishi bilan Tasmaniyada tiklanuvchi energiya ishlab chiqish 100 foizga yetdi. Shtat g‘arbiy sohilidagi ushbu stansiya ish hajmini yanada kengaytirish ustida izlanishlar ketyapti.

Oxirgi ikkita turbina foydalanishga topshirilishi bilan Tasmaniya ishlab chiqarayotgan «yashil energiya» 10741 GVt-soatga yetadi — bu shtatning o‘rtacha yillik ehtiyojidan ancha ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring