Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvan sohilida vertolyot izsiz yo‘qoldi

Tayvan sohilida vertolyot izsiz yo‘qoldi

Foto: «Getty Images»

5-fevral kuni kechasi Tayvandagi Lanyu oroliga tibbiy yordam va tibbiy evakuatsiya qilish uchun uchadigan vertolyot qulab tushdi. Bu haqda Tayvan ichki ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ortga qaytishda vertolyot bilan aloqa yo‘qolib, u radardan g‘oyib bo‘lgan va noma’lum sabablarga ko‘ra, vertolyot suvga qulagan.

Vertolyotda ikki nafar uchuvchi, mexanik, shifokor, bemor va bir necha kishi bo‘lgan. Ularning ahvoli hali ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring