Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tayvan» — olimpiadaga qo‘yilmaydi...

«Tayvan» — olimpiadaga qo‘yilmaydi...

Foto: «Krpress.ru»

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Tayvanni Tokio-2020 olimpiya o‘yinlaridan mahrum qilishi mumkin, albatta, qachonki bu davlat Yaponiyadagi sport musobaqalarida eski nomi ostida qatnashmoqchi bo‘lsa shu chora qo‘llanadi.

XOQ bu mamlakatga o‘z tadbirlariga «Xitoy Taypeyi» rasmiy nomi ostida kelish talabini qo‘ymoqda.

Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi — gap shundaki, yaqinda Tayvanda ovoz berish bo‘lib o‘tadi, unda mamlakat sportchilari xalqaro maydonlarda qaysi nom ostida qatnashishi kerakligi aniqlanadi.

XOQ rahbariyati Xitoy Respublikasi (Tayvan) hukumati va olimpiya qo‘mitasiga xat yo‘lladi. Har ehtimolga qarshi ogohlantirib qo‘ydi. Kontinental Xitoy bilan hazillashib bo‘lmaydi-ya — na siyosiy, na sport maydonida...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring