Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TDYUning Ixtisoslashtirilgan filialiga direktor tayinlandi

TDYUning Ixtisoslashtirilgan filialiga direktor tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Baxtiyor Jumaniyozovich Abdullayev Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etilgandi.

Filialning asosiy vazifasi yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring