Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telefon buzilishiga sabab — o‘zimiz…

Telefon buzilishiga sabab — o‘zimiz…

Foto: «upgrade-nt.biz»

Ko‘pincha smartfonimiz (umuman boshqa telefonlar ham) buzilib qolsa, aybni «arzon mol» chiqargan xitoyliklarga to‘nkaymiz. Aslida xitoyliklar emas, o‘zimiz aybdor, chunki telefonni ishlatishni bilmaymiz. Masalan, quyidagilarga hech e’tibor berganmisiz?

Telefon doim yoniq. Ekspertlar telefonni vaqti-vaqti bilan o‘chirib turishni tavsiya qilishadi. Hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta. Bu akkumulyator «umri»ni uzaytiradi.

Uyg‘otgich. Aytishlaricha, doim uyg‘otgich fuknsiyasidan foydalanaverish telefonga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Ob-havo. Har qanaqangi havoda telefonimizni ishlatib o‘rganganmiz. Masalan, havoning keskin sovib ketishi telefon uchun yomon, iloji boricha, sovuq havoda issiq cho‘ntakdan olingan telefonda kamroq gaplashing. Bu boshqa elektron qurilmalarga ham taalluqli.

Quvvatlash. «Begona» quvvatlash moslamalarini imkon qadar ishlatmang.

Tozalik. Chang, har xil gardlar asta-tekin telefon tirqishlarini to‘ldirib boradi va ichigacha kiradi. Bunga yo‘l qo‘ymang.

Ilovalar. Ishlatmaysizmi — o‘sha ilova yoki o‘yinni darhol o‘chirib tashlang. Hozir sirti boshqa, ichi boshqa ilovalar ko‘payib ketgan: sizdan yashirincha nima amallarni bajarayotganini bilmaysiz ham. Har bir ilovani ko‘chirib, o‘rnatishda telefon akkumulyatoriga yana bitta «nonxo‘r» ko‘payayotganini unutmang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring