Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» «Roskomnadzor» ustidan g‘alabа qozondi

«Telegram» «Roskomnadzor» ustidan g‘alabа qozondi

Foto: «Terabayt.Uz»

«Roskomnadzor» «Telegram» foydalanuvchilariga nisbatan hech qanday shikoyat qilmagan, ular messenjerdan bemalol foydalanishlari mumkin. Bu haqda tashkilot rahbari Aleksandr Jarov «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi», — deya xabar bermoqda «Lenta.ru».

«Roskomnadzor»da ham, FSBda ham, davlatda ham «Telegram»dan odatiy hayot tarzida foydalanuvchilarga nisbatan hech qanday e’tirozlar yo‘q. Muammo foydalanuvchilarda emas, balki messenjer ma’muriyatida», — dedi u. «Davlat organlari va messenjer foydalanuvchilari orasida hech qanday kelishmovchilik yo‘q. Bir necha «Telegram» kanallarida VPN dasturini yuklashga chaqiriqlarning avj olishi o‘zlarini elita sifatida baholashga urinishdir», — deya qo‘shimcha qilgan Jarov.

«Mening fikrimcha, odamlarni bir vaqtning o‘zida o‘rganib qolgan xizmatlaridan, masalan, «Telegram»dan voz kechib, boshqa bir dasturga o‘tishga targ‘ib qilish imkonsiz ish», — deya xulosa qiladi arbob.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16-aprel kuni Rossiya hududida «Telegram» messenjeri bloklab qo‘yilgan edi. Shuningdek, «Roskomnadzor» xizmatga ulanishga ko‘maklashadigan VPN dasturlariga ham to‘siq qo‘yishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

«Roskomnadzor»ning «Telegram»ga to‘siq qo‘yishiga kompaniya «Telegram»ning shifrlash kalitlarini FSBga taqdim etishga rozi bo‘lmagani sabab bo‘lgan. Ushbu shifrlar yordamida foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalariga kirish mumkin bo‘ladi.

«Roskomnadzor» va FSB vakillari «Telegram»ning shifrlash kalitlarini taqdim etmasligi terrorchilar manfaatiga xizmat qilishi mumkinligini aytishgan.

2016 yilda qabul qilingan terrorchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunga muvofiq har bitta messenjer Rossiya maxsus xizmatlariga shifrlash kalitlarini taqdim etishi shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring