Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temir yo‘l institutida «rektor mutolaaga chaqiradi» loyihasi tashkil qilindi

Temir yo‘l institutida «rektor mutolaaga chaqiradi» loyihasi tashkil qilindi

Foto: Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti axborot xizmati

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori tashabbusi bilan “Institut rektori mutolaaga chaqiradi” rukni ostida ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilmoqda. 

Institut axborot xizmatining xabar qilishicha, suhbatlar yoshlar o‘rtasida kitobni tanlab o‘qish didini shakllantirishga qaratiladi.

8 oktyabr kuni soat 11:00da institutda akademik Naim Karimov bilan “Ilmiy asarlar tahlili va mutolaa madaniyati” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ma’rifiy tadbirda, asosan mutolaa madaniyati, kitob tanlash borasida suhbat o‘tkaziladi. Dastlab davra suhbatlari erkin mavzularda tashkil etilsa, keyinchalik ilmiy va arxiv materiallar tahliliga ham e’tibor qaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring