Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlaridan chetlatilganlar soni mingdan oshdi

Test sinovlaridan chetlatilganlar soni mingdan oshdi

Foto: «Uza.uz»

Test sinovlarining uchinchi kunida respublikadagi 17 ta oliy ta’lim muassasalarida test jarayonlari o‘tkazilgan. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Qayd etilishicha, sinovlarda 89 ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 533 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1166 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 272 nafar abituriyent, shundan 109 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 163 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Shu tariqa uch kun ichida test sinovlarida ishtirok etmagan abituriyentlar soni 3778 kishiga yetdi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli chetlashtirilganlar soni esa 3 kunda 1013 kishini tashkil etdi.

3 avgust test natijalari 4 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Respublikada test sinovlari 15 avgustga qadar davom etadi. Bu yil 60 ta oliy ta’lim muassasasi va uning 19 ta filialiga 675 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. 3 avgustga qadar ulardan 175 720 nafari sinovlarda ishtirok etgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring