Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texasdagi otishmada halok bo‘lganlar soni ma’lum bo‘ldi

Texasdagi otishmada halok bo‘lganlar soni ma’lum bo‘ldi

Foto:«Flickr.com»

AQShning Texas shtatida joylashgan maktabda otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy televideniyega asoslanib, «Aif.ru» xabar bermoqda.

Maktab direktori yordamchisi Kris Richardsonning ma’lum qilishicha, jinoyatchi qo‘lga olingan.

«CNN» xabariga ko‘ra esa, qurollangan kishi o‘quv xonalaridan biriga bostirib kirgan va o‘quvchilarni o‘qqa tutgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.

Santa-Fe shahridagi ushbu maktabda jami 1400 nafar o‘quvchi ta’lim oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring