Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Texaslik yosh erkak koronavirus yuqtirganlar kechasida qatnashib vafot etdi

Texaslik yosh erkak koronavirus yuqtirganlar kechasida qatnashib vafot etdi

Foto:«EA Daily»

Texaslik 30 yoshli erkak  koronavirus yuqtirgan odam tomonidan uyushtirilgan kechada qatnashganidan so‘ng infeksiyadan vafot etdi, deb xabar berdi  «South China Morning Post».

Yigit koronavirusni firibgarlar o‘yini deb hisoblagan bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar AQShda 135000 dan ortiq odam vafot etgan. Amerikalik talabalar koronavirusni qanday yengishlarini sinab ko‘rish uchun «koronavirus tantanalari» o‘tkazmoqdalar.

O‘limidan oldin u hamshiraga: «Bilasizmi, men xato qildim deb o‘ylayman», degan.

«U o‘zini yosh va yengilmas — kasallik ta’sir qilmaydi ,- deb o‘ylagandi, —dedi San-Antonio kasalxonasining bosh shifokori Jeyn Applebi, — yosh bemorlarning ahvoli unchalik ham yomon ko‘rinmaydi odatda. Ammo kislorodni sinash va laboratoriya sinovlari, ahvol ancha yomon ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni uning tashqi ko‘rinishiga ishonmaslik kerak».

Ha afsuski «COVID dissidentlar» (kasallikni inkor qiluvchilar) bugungi kunda nafaqat o‘z hayotlarini, balki boshqalarning hayotini ham xavf ostiga qo‘yishmoqda.

Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyoda kasallik yuqish  va o‘lim darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring