Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez qaytaman» deb mashina haydab ketgan shaxs 2 yildan beri «dumini tutqazmaydi»

«Tez qaytaman» deb mashina haydab ketgan shaxs 2 yildan beri «dumini tutqazmaydi»

Foto: «drive2.com»

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida shu yilning 7-fevral kuni IIBga tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, H.R. (1995-yilda tug‘ilgan) 2016-yil 26-yanvar kuni fuqaro S.M.ga tegishli «Lasetti» avtomashinasini haydab ko‘rishini va tezda qaytib kelishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, avtomashinani noma’lum tomonga haydab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, H.R. shu kunga qadar avtomobilni qaytarib bermagan.

Hozir H.R.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring