Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tez tibbiy yordam bilan kelgan shifokor bemorning uyini tunab ketdi

Tez tibbiy yordam bilan kelgan shifokor bemorning uyini tunab ketdi

Foto: «Sputnik»

Andijon shahrida yashovchi fuqaro U.G. Andijon shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018-yil 12-yanvar kuni soat 07:00 larda yashash uyi mehmonxonasidagi televizori ustidan narxi 24 000 000 so‘mlik tilla taqinchoqlari: 1 dona tilla zanjir, 1 dona uzuk, 1 dona bilakuzuk va 1 juft ziraklari noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganini bildirgan.

Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida noma’lum shaxs Andijon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.L. bo‘lib chiqdi.

Olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida fuqaro A.L. 2018-yil 12-yanvar kuni soat 06:30 larda, U.G.ning chaqiruviga asosan yashash uyiga tez tibbiy yordam avtomashinasida kelib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib chiqib ketayotib, yuqoridagi buyumlarini o‘g‘irlab ketgani aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring