Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘g‘ri, tirikchilik... Biroq bu qonunni buzaver, degani emas-da!

To‘g‘ri, tirikchilik... Biroq bu qonunni buzaver, degani emas-da!

Foto: «Tagfly»

Bugun dunyoning turli nuqtalariga turli sabablar bilan borib-kelayotganlar ko‘p: ishlash, o‘qish, xizmat safari, tijorat safari, shaxsiy yumush...

Kim qayerga xayrli niyatda borishni qasd qilibdi – omadini bersinku-ya, biroq qonun, tartib-taomil degan narsalar bor. Ularni buzmoq tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradiki, ba’zi yurtdoshlarimiz buni yoddan chiqarishmoqda, chog‘i... Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda chiqadi, deydilar. Hozir shunday zamonki, qing‘ir ishning qiyig‘i, o‘rni kelsa, qirq kunga bormayapti.

Toshkentlik Jamila Olimova (ismi-fami­liyasi o‘zgartirilgan) ishlash uchun Turkiyaga borishni ahd qildi. Yaxshi. Halol tirikchilikning aybi yo‘q. Safar arafasida mavjud qonun-qoidalarga rioya qilsa-ku, ortiqcha muammo yo‘q edi-ya... Xorijga chi­qish uchun hujjat­larni tegishli tar­tib­da rasmiylashti­rish­­dagi «ovo­ra­garchilik»lar unga malol keldi shekilli, safarga chiqishning oson yo‘lini topdi go‘yo. Pasportiga tegishli «stiker» tamg‘asini urdirmay, Qozog‘iston Respublikasi orqali Istanbulga borib, u yerda ikki yil enagalik qiladi...

Yurtga qaytish fursati yetib, Toshkent xalqaro aeroportiga qadam bosganda ikki yil avvalga qing‘ir ishini oshkor bo‘ldi-qo‘ydi. Chunki uning bunday hatti-harakati davlat chegarasini buzish deyiladi-da.

Tabiiyki, jazo ham shunga yarasha bo‘ldi...

Zafar Sultonov,
Toshkent xalqaro aeroportida JXTB TB tergovchisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring