Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston tez orada O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd. KVt/soat elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi

Tojikiston tez orada O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd. KVt/soat elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi

Foto: «Sunir.com»

Dushanbe va Toshkent O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi. Unga ko‘ra Tojikiston joriy yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda « Sputnik» nashri xabar berdi.

Kelishuvga muvofiq, Tojikiston elektr energiyasining qo‘shni mamlakatga eksport qilinadigan umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 mlrd. KVt/soatni tashkil etadi. O‘zbekiston yoz mavsumida bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki sent, qishda esa 2,5 sentdan to‘laydi.

«Tojikiston qo‘shni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib berishni istalgan paytda boshlashi mumkin, ammo O‘zbekiston janubini Tojikiston bilan bog‘laydigan 60 kilometrli elektr uzatish liniyalarini tiklash va Tursunzoda shahridagi releli himoya va avtomatika loyihasini amalga oshirish ishlari hozircha nihoyasiga yetmadi. Bu yo‘nalishdagi ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring