Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toliblar Afg‘oniston prezidentining saylovda qatnashish haqidagi taklifini rad etdi

Toliblar Afg‘oniston prezidentining saylovda qatnashish haqidagi taklifini rad etdi

Foto:«samaa.tv»

«Tolibon» radikal harakati Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining mamlakatda o‘tkazilishi kutilayotgan parlament va mahalliy kengashlarga saylovlarda qatnashish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, toliblar ushbu saylovni «sahnalashtirilgan» deb atagan va Afg‘onistonda faqatgina AQSh tomonidan «ma’qullanganlar»gina hokimiyatga ega bo‘la oladi deb hisoblaydi.

Mazkur harakat, shuningdek, mamlakat aholisini ham saylovda qatnashmaslikka undagan. Ayni damda harakat vakillari «Tolibon»ning asosiy maqsadi tashqi kuchlarga qarshi kurashish ekanini ta’kidlamoqda.

14-aprel kuni saylovchilarni ro‘yxatga olish boshlangach, Ashraf G‘ani toliblarga tinch jarayonga siyosiy harakat sifatida qaytishni va saylovda qatnashishni taklif etgan edi. Shuningdek, prezident saylov mamlakatda islohotlarni amalga oshirishning asosiy vositasi ekanini ham ta’kidlagan. Parlament va hududiy kengashlar uchun saylovlar 2018-yilning oktyabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring